Koronavirus tufayli insoniyat necha yil umr yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Pompeu Fabra universitetining ispaniyalik olimlar guruhi COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim tufayli yo‘qolgan hayot yillarini hisoblab chiqdi. Tadqiqot natijalari "Scientific Reports" ilmiy jurnalida chop etildi. 

Mutaxassislar koronavirus infeksiyasi tufayli 81 ta mamlakatda insoniyat 20,5 million yildan ortiq hayotini yo‘qotganini aniqlagan. 

Tadqiqot mualliflari "Yo‘qotilgan hayot yillari" deb nomlangan usulni qo‘llagan. 

Odam muddatidan oldin vafot etmagan taqdirda, yashashi mumkin bo‘lgan o‘rtacha yil taxmin qilish uchun foydalanilgan. 

"Jami 81 mamlakatda COVID-19 sababli 20 mln 507 ming 518 yillik hayot yo‘qotilgan, ya’ni, har bir inson o‘limi uchun 16 yildan hisoblanganda", degan Pompeu Fabra universiteti doktori Ektor Arolas. 

Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, tadqiqotda bilvosita COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim natijasida yo‘qolgan yillar soni hisobga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing