Koronavirus: Toshkentda 142 ta holat aniqlandi. Og‘ir ahvoldagi bemorlar soni birdan o‘sdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 189 nafarga ortib, 83239 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1306 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 1 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 10 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 24 nafari Toshkent viloyatida;
  • 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar;
  • Buxoro viloyatida 5 nafar;
  • Jizzax viloyatida 1 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Toshkent viloyatida 17 nafar;
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81303 (+168) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, og‘ir ahvoldagi bemorlar sonining ortishi so‘nggi marta 24 mart kuni qayd etilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing