Koronavirus: Toshkentda 100 dan ortiq bemor aniqlandi. Kunlik rekord yana yangilandi
Jamiyat
−
26 mart 2021
8297Joriy yilning 25 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 960 nafarni tashkil etmoqda. Kecha, 25 mart kuni jami 144 kigida koronavirus aniqlandi. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Buxoro viloyatida;
- 3 nafari Jizzax viloyatida;
- 4 nafari Namangan viloyatida;
- 13 nafari Samarqand viloyatida;
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Xorazm viloyatida;
- 6 nafari Toshkent viloyatida;
- 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar;
- Toshkent viloyatida 21 nafar;
- Toshkent shahrida 83 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80248 (+105) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1088 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi