Koronavirus: sutkalik kasallanish holatlari yana 600 dan oshdi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021 5393 2 daqiqa
2021 yil 7 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 161768 (+660) nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 660 kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 48 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 18 nafari Andijon viloyatida,
• 17 nafari Buxoro viloyatida,
• 21 nafari Jizzax viloyatida,
• 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 5 nafari Navoiy viloyatida,
• 17 nafari Namangan viloyatida,
• 62 nafari Samarqand viloyatida,
• 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 58 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 18 nafari Xorazm viloyatida,
• 116 nafari Toshkent viloyatida,
• 237 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 33 nafar,
• Andijon viloyatida 68 nafar,
• Buxoro viloyatida 12 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
• Namangan viloyatida 30 nafar,
• Samarqand viloyatida 89 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 18 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 83 nafar,
• Xorazm viloyatida 26 nafar
• Toshkent viloyatida 128 nafar,
• Toshkent shahrida 211 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 153651 (+713) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1132 nafarni tashkil qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025