Koronavirus sabab kofe taqchilligi yuzaga kelishi mumkin

Olam

image

Janubiy Amerikada koronavirus tufayli kofe yig‘im-terimida ishchilar yetishmasligi holati paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, ishchilar yetishmasligining sabablari orasida banklarning vaqtincha yopilishi, sanitariya me’yorlari va transport cheklovlarining joriy etilishi ham bor.

Ta’kidlanishicha, eng qiyin vaziyat Braziliya, Kolumbiya va Peruda yuzaga keladi.

“Bloomberg”ning xabar berishicha, ushbu mamlakatlardagi kofe maydonlarida hosilning kech yig‘ib olinishi dunyo bo‘ylab ushbu mahsulot eksportiga ta’sir qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, dunyo bozorida qahva narxining oshishiga yoki uning taqchil bo‘lishiga omil bo‘lib xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing