Koronavirus sabab G20 maxsus sammit o‘tkazadi
Olam
−
18 mart 2020
7461“Katta yigirmalik”ning (G20) yetakchi mamlakati Saudiya Arabistoni keyingi hafta onlayn tarzda favqulodda yig‘ilish o‘tkazadai. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, sammitga a’zo davlatlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash choralari va uning odamlar hamda global iqtisodiyot uchun oqibatlarini muhokama qiladi.
“G20 xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda pandemiya ta’sirini yumshatish uchun zarur deb topilgan har qanday vositaga murojaat qiladi”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni ham infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish niyatida.
Ayni damda qirollikda koronavirusga chalingan 171 nafar bemor bor. 6 kishi undan butkul tuzalgan. Bemorlar orasida o‘lim holati qayd etilmagan.
Dunyo miqyosida ushbu raqamlar quyidagicha: 200 031 nafar bemor bor. Infeksiya yuqtirib olgan 7991 kishi vafot etgan. 81 290 kishi to‘la sog‘aygan.
LiveBarchasi