Koronavirus sabab “Barselona“ jamoasining stadioni nomi o‘zgaradi

Olam

image

“Barselona“ futbol klubi koronavirusga qarshi kurashish maqsadida mablag‘ to‘plash uchun o‘zining “Kamp Nou“ stadioni nomini sotishga qaror qildi. Stadion nomi huquqi sotilgandan so‘ng jamoa rahbariyati unga yangi nom bermoqchi.

1957 yilda ochilganidan beri hech qachon Ispaniya futbol grandi o‘zining stadioni nomini o‘zgartirmagan. Ammo butun dunyo bo‘ylab inson hayotini izidan chiqargan koronavirus epidemiyasi ushbu an’anani o‘zgartirdi.

“Biz universal xabar yubormoqchimiz: birinchi marta kimdir o‘z kompaniyasi nomini “Kamp Nou“ deb atash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu sotuvdan tushgan tushum jamoaga emas butun dunyoga sarflanadi. Tashabbus favqulodda vaziyatda paydo bo‘ldi“, deydi klub vitse-prezidenti Jorji Kardoner.

Shunisi e’tiborga loyiqki, tushgan mablag‘ Kataloniya va butun dunyodagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Boshqacha aytganda, Kataloniya klubi koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi.

Ma’lumot uchun, “Kamp Nou“ Yevropadagi eng katta stadion bo‘lib, uning sig‘imi 99000 kishini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing