Koronavirus “pik” nuqtaga chiqqan Britaniyada Bosh vazirning otasi cheklovlarni pisand qilmayapti
Olam
−
05 Oktabr 2020
5501Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning otasi Stenli Jonson koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq qoidalarni pisand qilmayapti. Bu haqda "Daily Star" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Stenli Jonsonni Afina aeroportida niqobni iyagiga tushirib olgan holda ko‘rishgan. Guvohlardan birining aytishicha, Bosh vazirning otasi ijtimoiy masofani ham saqlamagan.
1 oktyabr kuni esa Stenli Jonson do‘konga niqobsiz kirgan. Shuningdek, karantin davrida u Gretsiyaga sayohat qilgan. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi esa chet yelga sayohatlarni cheklab turishni tavsiya qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta oldin butun dunyoga tarqalgan koronavirus pandemiyasi Buyuk Britaniyada cho‘qqiga chiqqani ma’lum qilingandi. Mavsumiy kasalliklar avj oladigan sovuq qish oldidan virus tarqalishini nazorat qilish zarurligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirib olganlar 500 mingdan oshib ketgan. 40 mingdan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar esa yashirilmoqda.
LiveBarchasi