Koronavirus pandemiyasi sababli Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi forum qoldirildi

Olam

image

Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan XVII mintaqalararo hamkorlik forumi koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Matbuot kotibiga asoslanib xabar berilgan.

"Epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli Qozog‘iston va Rossiya XVII mintaqalararo hamkorlik forumini keyinga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", degan Matbuot kotibi. 

Ma’lumot uchun, 2005 yildan buyon o‘tkazilib kelinadigan forum joriy yil noyabr oyining ikkinchi yarmida Qozog‘istonning Kokshetov shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Avvalroq, Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytirilayotgani haqida xabar bergandik. Xususan, Kokshetov shahri bo‘ylab karantin zonalari va sanitariya postlari tashkil etilishi aytilgandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 114 mingdan ortiq holat aniqlangan. 1 ming 857 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing