Koronavirus og‘ir kechishiga sababchi omillardan biri aniqlandi
Salomatlik
−
09 noyabr 2020
15709D vitamini yetishmasligi koronavirusning og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Bu britaniyalik shifokorlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lgan.
Bir guruh shifokorlar koronavirus yuqtirish va o‘lim statistikasini o‘rganib chiqishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mavsumiy D vitamini tanqisligi kuzatiladigan hududlarda koronavirus og‘ir kechishi qayd etilgan.
"D vitamini tanqisligi koronavirus kasalligi og‘ir kechishi uchun xavfli omillardan biridir", degan shifokorlardan biri Garret Devis.
Shu bilan birga, u taxminlarni to‘laqonli o‘rganish uchun to‘liq bir yillik izlanishlar olib borish zarurligini ta’kidlagan. Koronavirus pandemiyasi boshlanganiga esa hali bir yil bo‘lmagan.
Tadqiqot muallifi D vitamini immunitet uchun muhimligini ta’kidlab, uning tanani koronavirus kirib kelishidan himoya qilishi mumkinligini aytgan.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 50 milliondan oshgan. 1,2 million bemor virus qurboni bo‘lgan.