Koronavirus: kunlik kasallanish holatlari 800 dan pasaydi

Jamiyat

image

2021 yil 29 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 155639 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 795 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
•    30 nafari Andijon viloyatida;
•    16 nafari Buxoro viloyatida;
•    21 nafari Jizzax viloyatida;
•    20 nafari Qashqadaryo viloyatida;
•    14 nafari Navoiy viloyatida;
•    23 nafari Namangan viloyatida;
•    68 nafari Samarqand viloyatida;
•    25 nafari Sirdaryo viloyatida;
•    28 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    85 nafari Farg‘ona viloyatida;
•    33 nafari Xorazm viloyatida;
•    115 nafari Toshkent viloyatida;
•    231 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 78 nafar
•    Buxoro viloyatida 41 nafar,
•    Jizzax viloyatida 19 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
•    Navoiy viloyatida 28 nafar,
•    Namangan viloyatida 30 nafar
•    Samarqand viloyatida 90 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 35 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 70 nafar,
•    Toshkent viloyatida 105 nafar,
•    Toshkent shahrida 142 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 147903 (+660) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Kecha 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1075 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 29 avgust kuni 303 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 23464 nafarga yetdi. Kecha ularning 291 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15988 nafarni tashkil qilmoqda. 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 168 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing