Koronavirus: kecha 900 ga yaqin odamda virus aniqlandi, 6 bemor vafot etdi
Jamiyat
−
22 avgust 2021
38942021 yil 21 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 149058 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 855 kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 81 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 39 nafari Andijon viloyatida,
- 26 nafari Buxoro viloyatida,
- 48 nafari Jizzax viloyatida,
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 14 nafari Navoiy viloyatida,
- 36 nafari Namangan viloyatida,
- 94 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 82 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 78 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 35 nafari Xorazm viloyatida,
- 96 nafari Toshkent viloyatida,
- 182 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 92 nafar
- Buxoro viloyatida 41 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
- Samarqand viloyatida 151 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 48 nafar
- Surxondaryo viloyatida 119 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 80 nafar,
- Xorazm viloyatida 31 nafar,
- Toshkent viloyatida 94 nafar,
- Toshkent shahrida 126 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 141745 (+804) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1021 nafarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 20 avgust holatiga ko‘ra, 12,6 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan va qariyb 1,5 million kishi to‘liq emlangan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 4 ta: “Sputnik V”, AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 va Moderna vaksinlari ro‘yxatdan o‘tgan.
LiveBarchasi