Koronavirus. Kasallikka chalinganlar 98 mingdan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 98 ming nafardan oshdi, yana 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 308 kishiga ortib, 98 164 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 5 nafari Andijon viloyatida;
  • 2 nafari Buxoro viloyatida;
  • 4 nafari Jizzax viloyatida;
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 38 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 3 nafari Xorazm viloyatida;
  • 49 nafari Toshkent viloyatida;
  • 172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 35 nafar;
  • Buxoro viloyatida 4 nafar;
  • Jizzax viloyatida 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
  • Navoiy viloyatida 4 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar;
  • Samarqand viloyatida 20 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar;
  • Xorazm viloyatida 9 nafar;
  • Toshkent viloyatida 42 nafar;
  • Toshkent shahrida 159 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93 633 (+294) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 680 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3851 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing