Koronavirus qurbonlari soni 130 dan oshdi
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
7586Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus qurbonlari soni borgan sari tezroq ortib boryapti. Bir kun ichida 2019-nCoV virusi sabab o‘lganlar soni 26 nafarga ko‘payib, 132 nafarga yetdi. Kasallanganlar esa 5974 nafarga yetdi.
Butun dunyoda ushbu virus bilan kasallangan bemorlar soni 6052 nafarga yetdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Koronavirusdan tuzalganlar ham bor. Ularning soni hozircha 103 kishini tashkil qilyapti.
Ma’lumot uchun, virus bilan kasallanish holatlari Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya va Malayziyada qayd qilingan.
Xitoy hukumati virus sabab Xubey provinsiyasidagi 15 ga yaqin shaharni to‘liq yoki qisman yopib qo‘ydi.
LiveBarchasi