Koronavirus inson asab tizimiga o‘nglanmas zarar yetkazishi ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

Koronavirus odamning butun asab tizimini ishdan chiqarishga qodir. Bu haqda AQSHning Shimoli-G‘arbiy universiteti olimlari ma’lum qildi. Ularning ushbu tadqiqoti “Annals of Neurology” jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar tadqiqot davomida nevrologik asoratlarni davolash uchun shifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlarga retrospektiv tahlil o‘tkazishgan.

Tadqiqotchilar ularning deyarli yarmida COVID-19 nevrologik jihatdan namoyon bo‘lishini aniqlashgan. Xususan, bemorlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta’m va hid bilish qobiliyatining buzilishi, qon tomirlarining torayishi, kramplar, zaiflik va mushaklarda og‘riqni boshdan kechirgan.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, COVID-19 ko‘plab sabablarga ko‘ra nevrologik disfunksiyaga olib kelishi mumkin. Masalan, boshqa organlarga zarar yetkazish natijasida miya kislorod etishmasligi yoki qon ivishining buzilishi bilan kasallanishi ehtimoli bor. Bu esa keyinchalik ishemik yoki gemorragik insultga olib kelishi mumkin.

Koronavirus to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya yoki uning membranasini infeksiyaga chalintirishi mumkin. Bundan tashqari, immun tizimining koronavirus infeksiyasiga reaksiyasi natijasida asab va miyada yallig‘lanish paydo bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing