Koronavirus yangi rekord o‘rnatdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab oxirgi bir haftada koronavirusni yuqtirish holatlari rekord darajaga chiqqan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida so‘z boradi. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 14 sentyabrdan 20 sentyabrgacha butun dunyoda COVID-19  infeksiyasi bilan bog‘liq 1 million 988 897 ta yangi holat aniqlangan. Ushbu virusdan 36 764 kishi vafot etgan.  

Virusni yuqtirib olgan yangi bemorlar 7-13 sentyabr kunlariga nisbatan 6 foizga o‘sgan. O‘lim darajasi esa 10 foizga kamaygan. 
 
Worldometer ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 31 million 520 944 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 23 million 141 860 nafari sog‘aygan. 970 ming 97 kishi ushbu xavfli virusdan vafot etgan. 

Koronavirusni yuqtirish holati bo‘yicha eng yuqori o‘rinda AQSH bormoqda. Mamlakatda 7 million 46 444 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan. Birinchi o‘nlikning keyingi o‘rinlarida quyidagi mamlakatlar bormoqda: Hindiston (5 million 568 740), Braziliya (4 million 560 083), Rossiya (1 million 115 810), Peru (772 896), Kolumbiya (770 435), Meksika (700 580), Ispaniya (671 468), Janubiy Afrika (661 936), Argentina (640 147).


Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus

Baholaganlar

651

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing