Koronavirus chaqaloqlarda qanday kechadi?

Salomatlik

image

Olimlar koronavirus infeksiyasi homilador ayoldan tug‘ilmagan bolasiga ham yuqishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Ammo shunga qaramay, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik og‘ir kechishi juda kam uchraydi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor Yelena Degtyarevaga RIA Novostiga ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Shanxay bolalar tibbiyot markazida shifokorlar COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan 2 mingga yaqin bolaning salomatligini tahlil qilishgan. Natijada aksariyat chaqaloqlarda koronavirusning yengil alomatlari paydo bo‘lgan, 39 foiz go‘dakda o‘rtacha alomatlar kuzatilgan. 4 foiz chaqaloqda kasallikning alomatlarsiz kechishi qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli chaqaloqlarning atigi 6 foizida uchraydi. Bundan tashqari, ushbu holatlarning aksariyatida chaqaloqlar boshqa xastaliklar bilan og‘rishgan bo‘ladi.

Pediatrning ta’kidlashicha, bunday holatda bolani davolash uchun shifokorlar dori-darmonlarning individual dozalarini qo‘llashadi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 1 430 141 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 82 133 nafari vafot etdi, 301 130 nafari sog‘ayib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

738

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing