Koronavirus bilan kasallanish “juda yuqori darajada” barqarorlashdi — JSST
Olam
−
06 iyul 2021
8667So‘nggi ikki hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish “juda yuqori darajada” barqarorlashdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) favqulodda holatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.
“Agar so‘nggi ikki haftadagi grafikni ko‘rib chiqsangiz, unda qandaydir barqarorlashuv bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin, ammo u juda yuqori darajada bo‘lgan”, degan Rayan.
Shu bilan birga, Rayanning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat “ikki-uch oy oldingi holatdan yaxshiroq”. Biroq, ayrim mintaqalar va mamlakatlarda koronavirusga qarshi emlashning past darajasi, cheklovlarni yumshatish va yangi shtammlarning paydo bo‘lishi sababli kasalliklar soni ko‘paymoqda.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yetti kun ichida dunyoda 2,6 million koronavirus infeksiyasi holati va 54 ming o‘lim aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan beri esa 184,9 million kishi kasal bo‘lib, to‘rt milliondan ortiq bemor vafot etgan.
LiveBarchasi