Koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat qancha vaqt saqlanib qolishi aytildi

Olam

image

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keyingi uch oy davomida og‘ir bo‘lib qoladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVID-19 bo‘yicha maxsus elchisi Devid Nabarro ma’lum qildi

“Marafonda yugurmoqdamiz”, lekin oxiriga yetdik deyishga hali erta”, degan Nabarro. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaning oxiri ko‘rinmoqda. U dunyo koronavirus infeksiyasining yana bir qancha to‘lqinlarini kutayotgani haqida ogohlantirgan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi malumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 300 millionga yaqin infeksiya yuqtirganlar bor, ulardan 5,4 millionini saqlab qolishning iloji yo‘q. Eng qiyin vaziyat AQSH, Hindiston, Braziliya, Buyuk Britaniya va Rossiyada kuzatilmoqda. 

O‘tgan yil sentyabr oyi boshida JSST SARS-CoV-2 dan o‘lim darajasini profilaktika immunizatsiyadan bosh tortish bilan bog‘liqligini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing