Koronavirus bemorlarining 20 nafarida pnevmoniya kuzatilyapti – Otabekov
Jamiyat
−
30 mart 2020
11512O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Ayni daqiqalarga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 145 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, kasallik bilan davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Mazkur holat bevosita rengionalagik tekshiruvlarda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Davolanayotgan bemorlar 3 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda. Barcha bemorlar tegishli davolash muolajalarini olyapti va tibbiyot xodimlarining muntazam kuzatuvi ostida”, deydi Otabekov.
Avvalroq, koronavirusga chalingan 7 nafar bemor virusdan to‘liq tuzalgani va reabilitatsiya markaziga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 145 nafarni tashkil qilyapti. Ularning ikki nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi