Koronavirus avj olayotgan Xitoyda migratsiya jarayonlari boshlandi

Olam

image

Xitoyda har yili takrorlanadigan ichki migratsiya jarayonlari boshlandi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 7 yanvar kunidan Xitoy Xalq Respublikasida “chun yun” deya nomlanuvchi 40 kunlik qamariy yangi yil sayohatlari boshlandi. Bu pandemiyadan oldingi eng yirik yillik migratsiya sifatida tanilgan bo‘lib, karantin vatida to‘xtab qolgan edi. 

Bu mamlakatda sayohatchilar sonining o‘sishi bilan birga, COVID-19 virusining yanada tarqalishiga sabab bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek, bu bo‘yicha Xitoy transport vazirligi ham o‘z havotirlarini ma’lum qilgan.

“Mamlakatning qariyb 70,3% yo‘lovchisi keyingi 40 kun ichida 99,5 foizga yetishi kutilmoqda deyiladi”, vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oy davomida Xitoyda cheklangan harakatlar, ommaviy blokirovkalar va mamlakatning iqtisodiyotiga katta zarar keltirgan siyosatga qarshi noroziliklardan so‘ng “nol-COVID” rejimini keskin bartaraf qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvaridan boshlab Xitoy o‘zining iqtisodiy o‘sishiga to‘sqinlik qilgan COVID-19’ning qat’iy qoidalarini yo‘q qilishni tezlashtirish uchun Gonkong hududi bilan chegarasini ochishi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing