Xitoy-Gonkong chegaralari uch yil ichida birinchi marta ochilmoqda
Olam
−
05 yanvar 2023
3711Xitoy o‘zining iqtisodiy o‘sishiga to‘sqinlik qilgan COVID-19'ning qat’iy qoidalarini yo‘q qilishni tezlashtirish uchun 9 yanvardan boshlab Gonkong hududi bilan chegarasini ochadi. Bu haqda bugun, 5 yanvar kuni “Reuters” xabar berdi.
Qayta ochilish moliya markazi va materik o‘rtasida asta-sekin karantinsiz sayohatning tiklanishiga olib keladi, hamda 2020 yildan beri birinchi marta karantinga muhtoj bo‘lmasdan aholini qabul qiladi.
"Endi Gonkongdan Xitoyga kelganida odamlardan COVID-19 testlarini topshirish talab qilinmaydi, 8 yanvardan boshlab xitoyliklarning Gonkongga tashrif buyurishi uchun maxsus turistik va ishbilarmonlik vizalari beriladi. Xitoy, shuningdek, Gonkong va Makao o‘rtasidagi reyslar sonini oshiradi", deyiladi Gonkong va Makao hududiy boshqarmalari bayonotida.
Qayd etilishicha, Gonkong hukumati 2022 yilning o‘rtalarigacha ba’zi cheklovlarni yumshata boshlaguniga qadar Xitoyning COVID-19 borasidagi siyosatini, diqqat bilan kuzatib borgan. Har ikki davlat ham COVID-19 ehtiyot choralarini yumshatish bo‘yicha dunyoning aksariyat davlatlaridan ortda qolmoqda va chegaraning ochilishi epidemiya tufayli o‘tgan yil davomida bir necha marta kechiktirildi.
Bunga qadar Gonkong aholisi qo‘shni mamlakatga faqat shahar aeroporti orqali yoki atigi ikkita nazorat punkti orqali – biri Shenchjen ko‘rfazida, ikkinchisi Gonkong-Chjuxay-Makao ko‘prigi orqali kira olardi. Boshqa chegara o‘tish joylari, shuningdek, "Kowloon West" tezyurar temir yo‘l terminali 2020 yil boshidan beri yopilgan.
Ma’lumot uchun, 2019 yil oxirigacha Xitoyda har yili 236 milliondan ortiq yo‘lovchi mamlakat chegarasini kesib o‘tgan.
LiveBarchasi