Koronavirus: 500 ga yaqin yangi bemor aniqlandi, kasallanganlar 110 mingdan oshdi
Jamiyat
−
29 iyun 2021
5771O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 110 ming nafardan oshdi. Kecha, 28 iyun kuni 498 nafar yangi bemor aniqlanib, 2 kishi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 498 kishiga ortib, 110 190 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 16 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 37 nafari Jizzax viloyatida,
- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Navoiy viloyatida,
- 26 nafari Namangan viloyatida,
- 85 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 52 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 20 nafari Xorazm viloyatida,
- 50 nafari Toshkent viloyatida,
- 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 29 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Samarqand viloyatida 78 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 14 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 37 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
- Xorazm viloyatida 28 nafar,
- Toshkent viloyatida 58 nafar,
- Toshkent shahrida 352 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 106416 (+636) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 733 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3041 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi