Koronavirus: 500 ga yaqin yangi bemor aniqlandi, 2 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 1 iyul kuni O‘zbekistonda qariyb 495 nafar kishida koronavirus qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 495 kishiga ortib, 111 648 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 47 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 34 nafari Andijon viloyatida,
  • 31 nafari Buxoro viloyatida,
  • 31 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 39 nafari Namangan viloyatida,
  • 52 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 39 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 18 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 25 nafar,
  • Samarqand viloyatida 72 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 67 nafar,
  • Toshkent shahrida 80 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 108 009 (+313) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 742 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing