Koronavirus 5 yildan keyin yanada yuqumliroq bo‘ladi – rossiyalik shifokor

Olam

image

5-7 yil ichida koronavirusning yuqumlilik darajasi oshadi, ammo u keltirib chiqaradigan zararlar miqdori kamayadi. Rossiya Tibbiyot markazining bosh shifokori, pediatr, vaksinolog Yevgeniy Timakov o‘z intervyusida mana shunday taxminni bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi, shu jumladan koronavirus ham. Ular odamlarga zarar keltirishi mumkin, lekin o‘limgacha olib bormaydi.

“Ammo u [koronavirus] hali mutatsiyaga uchramagan, bu uning genomini o‘zgartirish jihatidan unchalik ahamiyatli emas. Ammo ular virusning xususiyatlarini o‘zgartiradilar”, deydi shifokor.

U vaqt o‘tishi bilan, besh yildan yetti yilgacha koronavirusning qanday o‘zgarishini tushuntirdi.

“Bu koronavirus odamlarga ko‘proq yuqishni boshlaydi, yuqumliroq bo‘ladi, ammo u keltirib chiqaradigan zararlar miqdori kamayadi”, deydi Timakov.

Shifokor Buyuk Britaniyadagi vaziyatni misol sifatida keltirdi, u yerda koronavirusning yangi, yuqumli turi aniqlangan. Unga ko‘ra, virusning ushbu turi 70 foiz ko‘proq yuqumli, ammo uning og‘ir kechishiga birorta dalil yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing