Koronavirus har kuni duch keladigan kasalliklar qatoridan joy oladi – JSST

Salomatlik 6101
image

COVID-19 koronavirusi vaqt o‘tishi bilan barham topmasligi mumkin. Ammo insoniyat har kuni duch keladigan kasalliklar ro‘yxatidan joy oladi, xuddi grippga o‘xshab. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) favqulodda dasturi direktori Mayk Rayan ma’lum qildi.

“Bu virus bizning sayyoramizda yana bir keng tarqalgan virusga aylanishi mumkin. U bizni tark etmaydi“, deydi Rayan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning paydo bo‘lishi umid berishi mumkin. Ammo bu variant bir qator shartlarni, shu jumladan preparatning hammaga tatbiq etilishini va samaradorligini talab qiladi.

O‘z navbatida, JSSTning Favqulodda kasalliklar bo‘limining rahbari Mariya Van Kerkxove, barcha qiyinchiliklarga qaramay, kasallik tarqalishi statistikasining trayektoriyasi bizning qo‘limizda, deb aytdi. Ammo, uning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishini faqat bir necha davlatgina nazorat qila olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 4 364 172 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 560 035 nafari sog‘aygan, 297 491 nafari esa vafot etgan.

 
 
Nurulloh Sharipov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 281
Reyting: 3
Teglar
t
×