Koronavirusni 70 foizga “o‘ldiradigan” dori topildi
Salomatlik
−
09 avgust 2021 20908 1 daqiqa
Olimlar fenofibrat preparati SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasini 70 foizga "o‘ldirishi"ni va alomatlarni yengillashtirishini aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi fenofibrat preparati va uning faol shakli fenofibrik kislota inson hujayralaridagi koronavirusning SARS-CoV-2 turini yo‘q qilishi mumkinligini aniqlashgan.
Xabarga ko‘ra, hujayra ustida olib borilgan laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatdiki, fenofibrat virus alomatlarini 70 foizga kamaytiradi, shuningdek, SARS-CoV-2 shtammiga ham bir xil ta’sir o‘tkazadi. Biroq, uning koronavirusning “delta” shtammiga qarshi samaradorligi hamon o‘rganilmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, fenofibrat juda arzon va butun dunyoda mavjud, shuning uchun past va o‘rta daromadli mamlakatlarda, shuningdek, emlash uchun tavsiya etilmagan bemorlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, fenofibrat yurak-qon tomiri bilan bog‘liq kasalligi bo‘lgan bemorlarda xolestirin miqdorini kamaytirish uchun ishlatiladigan dori. Olimlar koronavirusning oqsilli “toj”larini ACE2 hujayrasi bilan bog‘lanish imkoniyatini ishdan chiqaruvchi preparat qidirish asnosida fenofibratga e’tibor qaratgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025