Koreyaga ishga ketish uchun navbatlarsiz imkoniyat!
Biznes
−
18 fevral 2023
79313Ko‘pchilikka ma’lumki, Koreya davlatiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yurtdoshlarimiz Tashqi mehnat migratsiya agentligiga murojaat qilib kelishadi. Agentlik bir necha yillardan buyon E-9 ishchi vizasi asosida Koreya Respublikasiga O‘zbekistonlik mehnat migrantlarini yuborish ishlarida amaliy ko‘mak beradi. Lekin ko‘pchilik yurtdoshlarimiz E-9 viza turidan tashqari yana boshqa turdagi vizalar orqali ham Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini yuritishlari mumkinligini bilmasa kerak. E-7 viza aynan shu vizalardan biridir. Ushbu viza orqali nafaqat yuqori maosh olishingiz, balki oilangizni ham olib ketish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
E-7 vizani E-9 vizadan afzal tomonlarini sanab o‘tamiz:
- viza olish uchun koreys tilini bilish talab qilinmaydi;
- hech qanday davlat imtihonlarisiz;
- elchixonada hech qanday suhbat bo‘lmaydi;
- E-7 viza ko‘p martali (multiviza) hisoblanadi;
- 1 yildan so‘ng yaqin qarindoshlarini Koreyaga chaqirish mumkin;
- 10 yil va undan ko‘proq Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishi mumkin;
- qisqa vaqt ichida Koreyaga jo‘nab ketish;
- hech qanday tabiiy va sun’iy navbatlarsiz;
- yuqori maosh va sifatli ijtimoiy himoya.
E-7 turidagi vizalarni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik qazirligi tomonidan litsenziya berilgan xususiy bandlik agentliklari yordamida rasmiylashtirish mumkin. Bu borada faoliyat yuritayotgan xususiy bandlik agentliklari orasida "TURON WORLD COOPERATION XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI" MCHJ Koreya Respulikasida bir nechta katta korxonalar bilan shartnomaga ega.
Endilikda E-7 vizasini olmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimiz "TURON WORLD COOPERATION XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI"ga murojaat qilishlari va agentlik yordami bilan Koreya Respublikasiga ketishlari mumkin.
Ushbu viza uchun hozirda mavjud kemasozlik kompaniyalaridagi ish o‘rinlari:
- kemasozlik bo‘yicha bo‘yoqchilik;
- kemasozlik bo‘yicha elektrik;
- kemasozlik bo‘yicha payvandchi;
- Bo‘yoqchilik va elektrik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr yoki kollej diplom talab qilinadi.
- Payvandchilik bo‘yicha hech qanday diplom talab qilinmaydi.
"TURON WORLD COOPERATION XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI"gi ga murojaat qilish uchun:
Abay 13A, Shayxontohur, Toshkent
Telefon: +998781470030
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
YouTube kanalimizga obuna bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi