Koreyadagi Xellouin bayramida jabrlangan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Koreya Respublikasi poytaxti Seulda yuz bergan voqea oqibatida halok bo‘lganlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu voqea oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir nafari esa jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur vaziyat elchixona tomonidan nazoratga olingan, marhumning jasadini mamlakatga olib kelish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi joylashgan tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

O‘zbekiston elchixonasi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildirgan hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga murojaat qilishlarini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinchda 151 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

910

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing