Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda 800 mln dollarlik golf kompleksi quradi

Jamiyat

image

Janubiy Koreya kompaniyasi kelgusida O‘zbekistonda uchta loyiha – “Qo’qon City”, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida yagona bo‘lgan loyiha instituti va 800 million dollarlik golf kompleksi loyihalarini amalga oshiradi.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen “Hanshin Engineering & Construction Co., Ltd”  kompaniyasi raisi Choi Ëng Son bilan uchrashdi. 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan qator investitsiya loyihalari muhokama qilingan. Xabarda Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta loyiha – Qo’qon City, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida yagona bo‘lgan loyiha instituti va 800 million dollarlik golf kompleksi loyihalarini amalga oshirishi aytilgan.

Shuningdek, kompaniya Qurilish vazirligi bilan “Qishloqqurilishloyiha”, “Toshuyjoyliti” MCHJ va “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ bazasida qo‘shma loyiha institutini qurish masalasini ko‘rib chiqayotgani qayd etilgan. Ushbu institut MDHda yagona loyihaga aylanadi.

Bundan tashqari kompaniya tomonidan Qo‘qon shahrida 34 gektar maydonga Qo’qon City turar joy majmuasi quriladi. Buning uchun kompaniya vakillari 2020 yil noyabrda Farg‘onaga tashrif buyurgan va uy-joy ichki bozorini o‘rganib, qurilish materiallari yetkazuvchilari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Uchrashuvda Samarqand viloyatida golf maydoni qurish loyihasi yuzasidan kelishuvlar tuzilgan. Unga ko‘ra, 270 gektar ajratiladigan maydonning 194 ga qismiga golf maydoni va unga tashrif buyuruvchilar uchun turarjoy, 6 gektarga xalqaro maktab, 7 gektarga savdo-ko‘ngilochar markaz, shuningdek, 55 gektarga ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Ushbu loyiha konsepsiyasi 2019 yilda viloyat hokimi Erkin Turdimov va Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligiga taqdim qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

gol'f

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing