“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” ishi bo‘yicha sud boshlandi

Jamiyat

image
Undan jabr ko‘rganlar bormi? north_east

Undan jabr ko‘rganlar bormi?

Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, odamlarni aldagan “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdorlari ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar Qahramon Otaqulov (“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori), Koreya Respublikasi fuqarosi bo‘lgan Kang Nam Kyu (agentlikning xorijiy hamkori), Odil Kabilov (agentlikning Namangan viloyat filiali direktori), Xushvaqt Turdiyev (“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ ta’sischisi), Musurmon Aliqulov (agentlikning o‘quv ishlari bo‘limi direktori), Anvarjon Shamshiddinov (agentlikning Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi), Orifjon Jo‘rayev (agentlikning Namangan viloyat filiali g‘aznachisi) va agentlikda turli lavozimlarda ishlagan yana 4 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Qahramon Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishga yolg‘on va’dalar berib, “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJga kelib murojaat qilgan fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritishib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 2 372 jabrlanuvchi va 4 fuqaroviy da’vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 24,2 mlrd so‘m bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 13,3 mlrd so‘m miqdorini bartaraf etish chorasi ko‘rilgan.

Sudlanuvchi Qahramon Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda, keyingi sud majlisi 8 iyun kuniga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Korean and migration xususiy bandlik agentligi

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar