Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati e’lon qilindi
Jamiyat
−
05 Sentabr
152892024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024 yil 15 sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024 yil 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lashi belgilandi.
Shuningdek, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 2025 yil 1 yanvargacha, 75 foizini 2025 yil 1 martgacha va 100 foizini 2025 yil 1 maygacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lashi shart.
“Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi