Konsulxona Istanbuldagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyaning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, firibgarliklardan ogohlantirdi. 

“So‘nggi vaqtlarda Bosh konsulxona atrofida firibgarlik holatlari sodir bo‘layotgani haqidagi ma’lumotlar kelib tushmoqda.  

Shu sababli vatandoshlarimizdan hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz”, deyiladi bayonotda. 

Konsulxona firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarga qat’iy rioya qilinishini so‘ramoqda: 

•  hujjatlarni Bosh konsulxonaga shaxsan topshirish;  
•  hujjalar uchun to‘lovlarni faqat Bosh konsulxona IBAN (hisob) raqamiga bank orqali amalga oshirish;  
•  barcha  xujjatlarini consulate.mfa.uz web sayti orqali to‘ldirish (bu bilan siz ma’lum bir mablag‘ni tejashingiz mumkin);  
 
Fuqarolardan biror bir shaxs tomonidan ishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha yoki naqd pul talab qilinsa, zudlik bilan (212) 323 20 37 (36) telefon raqami, yoki E-mail: [email protected] adresiga yozma shaklda ma’lum qilish so‘ralmoqda.  

Bosh konsulxona biror bir xizmat ko‘rsatish byurosi bilan birga ish olib bormasligini va ular tomonidan belgilangan xizmat to‘lovlariga ham javobgar emasligini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

983

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing