Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

Jamiyat

image

Kecha, 12 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan 895-son Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadigan bo‘ldi. Ilgari ular birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylanardi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berishi belgilandi. Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Konstitutsiyaviy sud sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing