Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi parlamentga kiritildi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining birlamchi talqini tayyorlandi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaning 83-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida quyi palataga kiritilgan.

Konstitutsiyaviy qonun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasining barcha bo‘limlaridagi 66 ta moddaga 170 dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmoqda.

Deputat Jahongir Shirinovga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy Konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

“Bugun, 22 iyun kuni mas’ul qo‘mitalarning qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilgan va unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun qabul qilish mumkin degan xulosaga kelindi. Qonunchilik palatasi kengashi tomonidan bu xulosa ko‘rib chiqildi va qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deydi deputat Jahongir Shirinov.

Loyiha endi partiyalar fraksiyasi majlisilarida muhokama qilinadi va yakunda Qonunchilik palatasining yalpi majlisiga birinchi o‘qishga kiritiladi.

Qonun loyihasiga quyi palataning Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalari mas’ul etib belgilangan.

“Yalpi majlisda konseptual jihatdan deputatlarimiz tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga chiqarish haqidagi takliflarimiz ham tayyorlanmoqda”, deydi Jahongir Shirinov. 

Bundan kelib chiqadiki, deputatlar qonun loyihasini ma’qullagach Bosh qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni tasdiqlash maqsadida referendum o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsichga o'zgartirish kiritish

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar