Konstitutsiyaga oid referendum sanasi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
10 mart 2023
10312Bugun, 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni 2023 yil 30 aprelda o‘tkazish belgilandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Oliy Majlis Qonunchilik palatasining referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining xulosasini olish to‘g‘risidagi masala ham qo‘llab-quvvatlandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi