Konservatoriyaning birdaniga 60 nafar talabasi kursdan kursga qoldirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilgan birinchi yarim yillik bo‘yicha sessiya imtihonlari yakuniga yetdi va 60 nafar talaba sessiyani topshira olmadi. Ular ayni oliy ta’lim muassasa rektorining buyrug‘i bilan kursdan kursga qoldirilishi kerak edi. Ammo...

Qayd etilishicha, konservatoriya ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari tomonidan sessiya va imtihonlar barcha standartlarga muvofiq hamda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlardan foydalangan holda o‘tkazilishi ta’minlangan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida konservatoriyada tahsil olib kelayotgan 60 nafar talaba sessiyadan yiqilgan. Bunday vaziyatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining qarori, shuningdek, Adliya vazirligining 2018 yil 26 sentyabrda qabul qilingan  "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i muvofiq to‘rt yoki undan ko‘p fandan akademik qarzdorligi mavjud talabalar rektor buyrug‘i asosida qayta topshirishdan mahrum qilinib, ikkinchi yilga qoladi.

Yil davomida o‘qimagan talaba va uning ota-onasi do‘ppi tor kelganda kursdan kursga qolish xabarini eshitgach, nima qiladi? Albatta, shikoyat, arz, dod-voy. Ayrim talabalar va ularning ota-onalari tomonidan turli tashkilotlarga, jumladan Oliy va o‘rta ta’lim vazirligiga, Madaniyat vazirligiga qilingan ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, Konservatoriya rahbariyati talabalarga qayta imkoniyat berishga qaror qildi. Qayd etilishicha, bunda 2020 yilda mamlakatda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat ham inobatga olingan. Pandemiya sabab joriy qilingan karantin musiqachilarning ushbu kasbning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘liq ta’lim olishlarini imkonsiz bo‘lib qolgani aytilgan.

Imtihon jarayonining xolisligi va oshkoraligini ta’minlash uchun boshqa OTMlardan mustaqil va xolis o‘qituvchilarni taklif etishga qaror qilindi. Shuningdek, istalgan shaxs O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rasmiy platformalari orqali imtihonlarni onlayn formatda kuzatish imkoniyatiga yaratildi. 

Itihon 23 - 28 mart kunlari soat 9:00 dan boshlab o‘tkazilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning yanvar oyida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ishtirok etib, mamlakatda Oliy ta’lim sohasi eng korrupsiyalashgan yo‘nalish ekanini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar