Konor Oliveyra bilan jang qiladimi? UFC prezidenti javob berdi
Sport
−
02 mart 2022 3088 1 daqiqa
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning kutilayotgan chempionlik jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Yengil vazn toifasida ishlar qanday ketayotganini ko‘rib chiqishimiz kerak. Ko‘p narsa Konor qaytganida kim chempion bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday hollarda chempionlar ham o‘z so‘zini aytishadi. Agar mutlaq yetakchi hali ham Oliveyra bo‘lsa, u Konor bilan jang qilishi mumkin.
Uning qaytishi bilan bog‘liq ko‘plab variantlar mavjud, lekin birinchi navbatda, uning oyog‘i va umuman sog‘lig‘idan kelib chiqish kerak. Hammasi 100 foiz aniq bo‘lgach, biz nima qilishimizni hal qilib olamiz", deydi Uayt "The Underground" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Makgregorning so‘nggi jangi 10 iyuldan 11 iyulga o‘tar kechasi UFC-264 turnirida Dastin Pore bilan bo‘lib o‘tgandi. Unda Konor oyog‘ini sindirib, jangni birinchi raunddayoq to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Shaxboz Qahhorov
Live
Barchasi