Kongoda vulqon tufayli butun boshli shahar evakuatsiya qilinadi (video)

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasi ma’murlari kecha, 22 may kuni boshlangan Niragongo vulqoni otilishi sababli Goma shahri aholisini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Goma shahri mamlakatning sharqiy qismida, Ruanda bilan chegarada joylashgan. Bu yerda taxminan 2 million kishi yashaydi. Ba’zi odamlar hukumatdan hech qanday ma’lumot bo‘lmagani sababli hokimiyat evakuatsiya to‘g‘risida e’lon qilishidan oldin mollari bilan shaharni tark etishni boshlagan.

Qayd etilishicha, mamlakat Bosh vaziri Jan-Mishel Sama Lukonde poytaxt Kinshasada favqulodda yig‘ilish chaqirgan va Goma aholisini evakuatsiya qilish rejasi tuzilgan.

“Umid qilamizki, bugun tunda ko‘rilgan chora-tadbirlar aholining rejada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga erishishiga imkon beradi”, dedi hukumat vakili Patrik Muyaya milliy televideniyeda.

Niragongo — Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan Afrikaning Virunga tog‘laridagi, mamlakatning Ruanda bilan chegarasi yaqinidagi faol vulqon. Bundan avval, 2002 yilda Niragongoning otilishi paytida 250 kishi halok bo‘lgan, 120 ming kishi uysiz qolgan. Bu dunyodagi eng faol va xavfli vulqonlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vulqon

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar