Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi boshlig‘i ishdan ketkazildi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019
6946Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan “STAR ALFA PROGRES” MCHJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilganligi aniqlandi. Bu haqda Biznes-Ombudsman matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan tekshiruv tartibini buzgan shaxslarga nisbatan tegishli ta’sir choralar qo‘llanilgan. O‘tkazilgan tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan dalolatnoma va tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bekor qilingan.
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i O.Z. ga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llanilgan. Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi boshlig‘i A.J. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi bosh va yetakchi inspektorlari S.Sh. va S.A. larga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu shaxslar sud tomonidan huquqbuzar deb topilgan.
LiveBarchasi