Komiljon Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi lavozimda ish boshladi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
14810Joriy yilning 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan Komiljon Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi lavozimda ish boshladi. Ma’lum qilinishicha, endilikda ular faoliyatini yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida davom ettiradi.
Bugun, 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirilgan.
Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylangan.
Fondning sahifalarida qayd etishicha, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish.
LiveBarchasi