Komilov va Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifini muhokama qildi
Olam
−
22 dekabr 2020
7245Kecha, 21 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Moskvaga amalga oshirgan ishchi tashrifi davomida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Vazirlar davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqladilar”, deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda o‘zaro yordamni davom ettirishga kelishib olindi.
LiveBarchasi