Komilov Xitoyga boradi
Jamiyat
−
17 avgust 2019
2473Shu yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifni amalga oshiradi.
Tashrif dasturida Xitoy Xalq Respubikasi raisi o‘rinbosari Van Sishan va Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston TIV rahbari mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov bugun,17 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
LiveBarchasi