Komilov AQSH Davlat kotibini Toshkentga taklif qildi

Jamiyat

image

Kecha, 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Amerika strategik sherikligining hozirgi holati va uni yanada chuqurlashtirishning istiqbollari muhokama qilingan.

Xabarga ko‘ra, AQSH tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarga yuqori baho bergan. Jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish va e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida erishilgan yutuqlar e’tirof etilgan.

Tomonlar “C5+1” shakli doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirishning muhimligi qayd etgan.

Suhbatda Afg‘onistonda mojarodan keyingi davrda ijtimoiy-iqtisodiy hayotni qayta tiklash uchun mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston TIV rahbari AQSH Davlat kotibini joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing