Komil Allamjonovning qadami Meta’gacha yetdi. Foyda bormi? 

Texnologiya

image

Bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov hamda Meta kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Facebook va Instagram platformalari jamoatchilik fikr bildiradigan, muammolar o‘rtaga tashlanadigan, bahs hamda fikrlar maydoniga aylangani ta’kidlanib, ularning mavjud imkoniyatlari kundan-kunga ko‘payib borayotgani aytildi.

Uchrashuv doirasida Komil Allamjonov Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Milner hamda kompaniyaning Boshqaruvchi direktori, Katta Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

“Uchrashuvda O‘zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qildik. Samimiy va do‘stona hurmat uchun Saymon Milnerga va ayniqsa, do‘stim Jorj Chenga katta rahmat”, deydi Allamjonov o‘zining Telegram’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning dekabr oyida Allamjonovning TikTok kompaniyasining vitse-prezidenti doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan onlayn muloqot olib borgani va uning TikTok'ga o‘zbek tilini kiritmoqchiligi haqida xabar bergan edik.

Biroq oradan bir yildan oshiq vaqt o‘tgan bo‘lsada Allamjonov o‘z va’dasining ustidan chiqmadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing