Kolumbiya Prezidenti BMTni G‘azoga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga chaqirdi
Olam
−
29 may
3219Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro BMTni G‘azo sektoriga tinchlikparvar kuchlarni yuborish uchun aniq chora ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“G‘azoda tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishdan boshqa muqobil yo‘l yo‘q. Kolumbiya bu kuchlar tarkibiga kiradi”, deydi davlat rahbari.
Isroil armiyasining Rafah shahridagi ko‘chirilgan falastinliklar lageriga uyushtirgan hujumidan so‘ng Petro o‘zining shaxsiy sahifasida Isroilni qoralovchi va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi mazmundagi xabarlarni chop etdi. Xususan, Prezident 28 may kuni e’lon qilgan postida Isroilning Rafahdagi “ommaviy qotilliklar” davom etayotganiga e’tibor qaratgan.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan hujumlar fonida 3 may kuni Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini rasman e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kuba Prezidenti Migel Diaz Kanel Rafah shahridagi falastinliklar lageriga uyushtirilgan Isroil armiyasining hujumini keskin qoralab, Isroilni Rafahda odamlarni tiriklayin yoqib yuborganlikda ayblagandi.
LiveBarchasi