Kollej va texnikumlarda kontraktning yarmini to‘lash muddati belgilandi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021 4686 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasidagi kollej va texnikumlarga kirganlarga kontraktning yarmini to‘lashning oxirgi muddati belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2020/2021 o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2021 yilning 20 yanvar (shu kuni ham) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kollej va texnikumlarda kontrakt narxlari belgilangandi.
Live
Barchasi