Kollektiv immunitet koronavirusni to‘xtatmaydi. COVID-19 ni yengish yo‘li aytildi
Olam
−
19 avgust 2020
17790COVID-19 ni yengishda jamoaviy immunitet yordam bermaydi. Infeksiyani to‘xtatish uchun uning tarqalishiga qarshi choralar ko‘rish kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.
“Ayni vaqtda biz, global aholi bu kasallikni yengish uchun yetarli darajada immunitetga ega bo‘lmadik. Biz virusning tarqalishini to‘xtatishga e’tibor berish kerak, kollektiv immunitet bizni qutqaradi deb umid bilan yashamasligimiz kerak. Hozir bu yechim emas”, dedi Rayan.
JSST 11 mart kuni koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 21,5 mln odam koronavirusga chalingan, 767 mingdan ortiq odam vafot etgan.
LiveBarchasi