Kolbi yarimog‘ir vaznda Usmandan keyingi eng kuchli jangchi – Habib
Sport
−
08 Sentabr 2021
4295Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov joriy yil 6 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan UFC 268 musobaqasining markaziy jangi haqida fikr bildirdi. Unda amerikalik Kolbi Kovington va nigeriyalik Kamaru Usman bir-biriga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
“Siz Kolbiga qarshi istaganingizcha salbiy fikr bildirishingiz va uni yoqtirmasligingiz mumkin, lekin u kuchli jangchi. U qanday jang qilishni yaxshi biladi va hozirda Usman uchun yarim og‘ir vazndagi eng jiddiy raqib hisoblanadi. Kamaru bilan Dubayda ko‘rishdim va Kovingtonga qarshi jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rishini aytdim. Usman buni yaxshi tushunadi. Shuning uchun u qattiq mashq qilyapti. O‘ylaymanki, unda g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor”, deydi Habib.
Eslatib o‘tamiz, yarim o‘rta vazn toifasining mutlaq chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman Kolbi Kovington bilan ikkinchi marta oktagonga ko‘tariladi. Ikki MMA ustasi ilk marta UFC 245 turnirida bahs olib borgan va Usman raqibining jag‘ini sindirib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Habib va Usmanga Ali Abdulaziz agentlik qiladi.
LiveBarchasi