“Koka-kola” va “Hyatt regency”dagi davlat ulushi tadbirkorlarga sotiladi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi yirik korxonalar va xizmat ko‘rsatishg ob’ektlaridagi davlat ulushlari sotuvga qo‘yiladi. Bular orasida “Koka-kola ichimligi” korxonasi va “Hyatt regency Tashkent” mehmonxonasi ham bor. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida ma’lum qildi. 

“Tarkibiy islohotlarning yana bir yo‘nalishi bu – davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir.

Bunda, Davlat aktivlarini ochiq va samarali sotish uchun xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarni jalb etib, korxonalarni xususiylashtirishga oid ishlar boshlandi”, deydi davlat rahbari. 

Prezidentning ta’kidlashicha,  “Farg‘ona azot”, “Dehqonobod kaliy”, “Koka-kola ichimligi” korxonalari, “Bildirsoy”, “Chorvoq” oromgohlari, “Ichan qal’a”, “Hyatt regency Tashkent” mehmonxonalari, “Poytaxt” biznes majmuasi, 83 ta yirik korxonadagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi.

Shuningdek, davlatga qarashli korxonalar soni kelgusi ikki yilda kamida 3 baravarga qisqartiriladi.

Prezidentga ko‘ra, 2021 yilda 50 ta kon, istiqbolli maydonlar mahalliy va chet ellik investorlarga ochiq mexanizmlar asosida sotiladi.

Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining 4 foizgina shartnomalar imzolamoqda.

Kelgusi yilda 24 ta yirik davlat korxonalariga xaridlarning oshkora talablari joriy etilib, mahalliy tadbirkorlar har yili kamida 10 trillion so‘mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, bundan buyon, barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing